Xalqaro Nordik universiteti tomonidan 2025-yilda AQShning nufuzli TOP–100 oliy ta’lim muassasalaridan biri — Rowan University (Nyu-Jersi, AQSh) bilan hamkorlikda muhim xalqaro loyiha amalga oshirildi.
Mazkur hamkorlik doirasida universitetimizda Rowan University’ning O‘rta Osiyo bo‘yicha rasmiy markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Markaz faoliyati doirasida:
- O‘zbekiston va mintaqa oliygohlari rektorlari hamda professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro trening va malaka oshirish dasturlari
- Iqtidorli talabalar uchun “Foundation” (tayyorlov) dasturi
“Foundation” dasturi imkoniyatlari
- O‘zbekiston OTMlarining 1–2-bosqich talabalari uchun 30 ta kvota
- Tanlab olingan talabalar tayyorlov kursini muvaffaqiyatli yakunlab,
- 2026-yil sentyabr oyidan Rowan University’da 2-bosqichdan o‘qishni davom ettirish imkoniyati
- AQShda keyingi 3 yil tahsil olish uchun 50% grant
- “Foundation” bosqichidagi ta’lim xarajatlari to‘liq Xalqaro Nordik universiteti tomonidan qoplanadi
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Ingliz tilini bilish darajasi
- Yuqori akademik ko‘rsatkichlar
- Shaxsiy motivatsiya
- Kontraktning qolgan qismini to‘lash imkoniyati
Ushbu loyiha iqtidorli yoshlar uchun xalqaro ta’lim maydoniga chiqish, akademik mobilitetni kengaytirish va global tajriba orttirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.
Barcha iqtidorli talabalarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chorlaymiz!
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun SamDTU xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Ulmasov F.G'ga murojat qiling Tel:+998662332744