UNESCO tomonidan tabiiy fanlar sohasida ta’sis etilgan YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti uchun 2026-yilgi tanlov boshlanganini ma’lum qilamiz.
Mukofotning maqsadi
Mazkur mukofot YUNESKOga a’zo davlatlarda faoliyat yuritayotgan alohida shaxslar, ilmiy institutlar hamda nodavlat tashkilotlar tomonidan inson hayotini yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy tadqiqot loyihalari va amaliy faoliyatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Mukofot miqdori
- Umumiy mukofot jamg‘armasi: 300 000 AQSH dollari
- Mukofot uch nafar g‘olib o‘rtasida teng taqsimlanadi
- G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi
Tanlov tartibi
Nomzodlar xalqaro hay’at tomonidan baholanadi va tavsiya etiladi. Yakuniy qaror UNESCO Bosh direktori tomonidan qabul qilinadi.
Nomzodlar quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: www.unesco.org/egip/account-reguest
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Ariza varaqasi
- Nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi haqida axborot
- Ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha ma’lumot
- Eng muhim 10 ta ilmiy nashr ro‘yxati