×
Menu
Close Menu

ITALIYA RESPUBLIKASIDA ISHGA JOYLASHISH BO‘YICHA XALQARO LOYIHA

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

  Mazkur loyiha doirasida Italiya Respublikasi bilan sog‘liqni saqlash hamda mehnat migratsiyasi yo‘nalishlarida kelishuvlarga erishilgan. Jumladan, Lombardiya viloyati bilan hamkorlikda malakali tibbiyot xodimlarini Italiya tibbiyot muassasalarida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

  Shu munosabat bilan, Samarqand davlat tibbiyot universitetining quyidagi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan yakuniy bosqich talabalari o‘z nomzodlarini taqdim etishlari mumkin:

  • Oliy hamshiralik ishi (bakalavr)
  • Davolash fakulteti (bakalavr)

  Xorijda ishlash istagini bildirgan talabalar o‘z aloqa ma’lumotlarini taqdim etishlari so‘raladi.

  Loyihaning afzalliklari:

  • O‘zbekiston hududida 7 oy davomida bepul italyan tili kurslari tashkil etiladi;
  • Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar Italiya tibbiyot muassasalariga ishga yuboriladi;
  • Taklif etilayotgan oylik ish haqi miqdori 1800–2000 yevroni tashkil etadi.

  Loyiha bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni Xalqaro aloqalar bo‘limidan olishingiz mumkin.