×
Menu
Close Menu

​ “MEROS FARM” STIPENDIYASI UCHUN HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2025–2026 o‘quv yili 2-semestri uchun “MEROS FARM” stipendiyasiga hujjatlar qabul qilinishi boshlanganini e’lon qiladi.

  Tanlovda quyidagi talabalarning ishtirok etish huquqi mavjud:

  • Ilmiy izlanishlar olib borayotgan va muayyan yutuqlarga erishgan talabalar;
  • Tibbiyot sohasida innovatsion loyihalar ustida ishlayotgan talabalar;
  • O‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 85% va undan yuqori bo‘lgan talabalar;
  • Jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalar;
  • Farmatsevtika sohasiga qiziqishi bo‘lgan hamda ushbu yo‘nalishda stajirovka yoki loyihalarda qatnashgan talabalar.

  Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

  1. Talaba ma’lumotnomasi
  2. Pasport nusxasi
  3. Reyting daftarchasi nusxasi (dekan tomonidan tasdiqlangan holda)
  4. Fakultet dekani tavsiyanomasi
  5. Kafedra to‘garak rahbari tavsiyanomasi
  6. Erishilgan yutuqlar ro‘yxati (3.4-shakl)
  7. Ilmiy salohiyatni tasdiqlovchi hujjatlar
    (ilmiy anjumanlar, maqolalar, tezislar, olimpiadalardagi ishtirok)
  8. Xalqaro til sertifikati (mavjud bo‘lsa)
  9. Ko‘rik-tanlov va sportdagi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar

  Hujjatlar qabul qilish muddati: 2026-yil 25-fevralga qadar

  Eslatma:

  • 2025–2026 o‘quv yilining 2-semestrida Rektor stipendiyasiga nomzod sifatida taqdim etilgan talabalar “MEROS FARM” stipendiyasi tanlovida ishtirok eta olmaydi.

    Barcha hujjatlarning yig‘ma jildi Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshiriladi.