×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2025-2026 o'quv yili 2-semestri uchun Rektor stipendiyasiga hujjatlar qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2025-2026 o'quv yili 2-semestri uchun Rektor stipendiyasiga hujjatlar qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi!

  Barcha kerakli hujjatlar yig‘majild (fayl papka) da olib kelinadi.

  Erishgan yutuqlaringiz: sertifikatlar, diplomlar, maqola va tezislaringiz ilmiy kotib tomonidan tasdiqlanishi kerak.

      Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

    1. Talaba ma’lumotnomasi

    2. Passport nusxasi

    3. Reyting daftarchasi nusxasi (dekan tomonidan tasdiqlangan holda)

    4. Fakultet dekani tavsiyanomasi

    5. Kafedra to‘garak rahbari tavsiyanomasi

    6. SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisining tavsiyanomasi

    7. Erishgan yutuqlari ro‘yxati (3.4 shakl)

    8. Ilmiy salohiyati (ilmiy anjumanlar, maqola va tezsizlar chop etilishi, olimpiadalardagi ishtirok)

    9. Xalqaro til sertifikati

    10. Ko‘rik-tanlov va sportdagi yutuqlari

    11. Start-UP loyihalari g‘olibligi

  Barcha hujjatlarning yig‘ma jildi Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshiriladi.

  Qabul 25.02.2026 ga qadar davom etadi.