O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 30-son qaroriga muvofiq, har yili o‘tkaziladigan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Quyidagi yo‘nalishlarda loyihalarga ega bo‘lgan 16–25 yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:
- ilmiy g‘oyalar;
- innovatsion ishlanmalar;
- ratsionalizatorlik takliflari.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati
2026-yil 15-fevralgacha
Ro‘yxatdan o‘tish sayti 🌐 https://www.vorislar.uz
- 1-bosqich (tuman/shahar) — 5 nafar g‘olib
- 2-bosqich (viloyat/Qoraqalpog‘iston Respublikasi/Toshkent shahri) — 20 nafar g‘olib
Mukofotlar: 🏆 G‘oliblarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 va 10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari beriladi.
Eslatma: Samarqand davlat tibbiyot universiteti iqtidorli talaba-yoshlarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaydi. Ilmiy ishlari, startap loyihalari va innovatsion g‘oyalari mavjud talabalar uchun bu o‘z salohiyatini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.