Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Tibbiyot sohasida yosh olimlar va talabalar uchun xalqaro imkoniyat

  Hurmatli talaba va yosh olimlar!

  Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (AO «Южно-Казахстанская медицинская академия») hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy fanlar akademiyasi ko‘magida III Хalqaro yosh olimlar va talabalarning forumi tashkil etiladi.

  Sana: 16–18 oktyabr 2025 yil
  Manzil: Shimkent shahri, Qozog‘iston Respublikasi

  Forumda:

  • Plenar majlislar — tibbiyot sohasidagi dolzarb muammolar va yutuqlar muhokamasi;
  • Xirurgik olimpiada;
  • Start-up loyihalar tanlovi;
  • Ilmiy-amaliy tajribalar almashinuvi rejalashtirilgan.

  Bu nufuzli tadbir xalqaro ilmiy hamjamiyatni birlashtiruvchi, yosh olimlar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochuvchi maydon bo‘lib xizmat qiladi.

  Batafsil ma’lumot va ishtirok etish shartlari uchun SamDTU rahbariyati va mas’ullar bilan bog‘lanishingiz mumkin.

🔗 Rasmiy qisqa havola