×
Menu
Close Menu

N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti rektorining bevaqt vafoti munosabati bilan ta’ziya

    Bugun 70 yoshida N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti rektori, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p yillik do‘sti va faxriy professori Igor Eduardovich Esaulenko hayotdan ko‘z yumdi.

    2000-yildan beri Igor Eduardovich N.N. Burdenko nomidagi VDTUga rahbarlik qilib, universitet boshqaruvini faol ilmiy va jamoat ishlari bilan mohirona uyg‘unlashtirdi. Uning Samarqand va Voronej tibbiyot universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi hissasi haqiqatan ham beqiyos va samarali bo‘ldi.

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilar jamoasi Igor Eduardovichning oila a’zolari, yaqinlari, hamkasblari, shogirdlari va uni tanish baxtiga muyassar bo‘lgan barcha insonlarga chuqur hamdardlik bildiradi. U ko‘pchilik qalbida o‘chmas iz qoldirdi.

    Atoqli mutaxassis va katta qalb egasi bo‘lgan bu insonning yorqin xotirasini minnatdorchilik va ehtirom bilan saqlab qolamiz.