×
Menu
Close Menu

Xalqaro fotokonkurs – “Tibbiyot xodimlari ish jarayonida”

  MDH Ijroiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, MDH davlatlari jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni informatizatsiyalash bo‘yicha bazaviy tashkilot — Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Markaziy tashkillashtirish va sog‘liqni saqlashni informatizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan III xalqaro fotokonkurs “Tibbiyot xodimlari ish jarayonida” boshlangan.

  Fotokonkursning asosiy maqsadi — tibbiyot xodimlarining fidoyiligi, jasorati, mehr-shafqati va bemorlarga yordam berishdagi sadoqatini keng jamoatchilikka namoyish etish.

  Yo‘nalishlar (nominatsiyalar)

  • “Tibbiyot xodimlari ish jarayonida” – kundalik faoliyat, davolash jarayonlari, shifokor va bemor o‘rtasidagi muloqot.
  • “Jasorat va fidoyilik” – og‘ir sharoitlarda, xavf ostida ham bemorlarga yordam ko‘rsatish lahzalari.
  • “Mehr-shafqat va qo‘llab-quvvatlash” – tibbiyot xodimlarining bemorlarga ruhiy ko‘mak ko‘rsatishi.
  • “Quvonch va baxt lahzalari” – sog‘ayish, hayotga qaytish va samimiy tabassumlar aks etgan suratlar.
  • “Barcha davlatlar tibbiyot xodimlari birlashingiz!” – xorijiy ishtirokchilar uchun maxsus nominatsiya.

  Ishtirokchilar

  • Rossiya Federatsiyasi va barcha xorijiy davlat fuqarolari (16 yoshdan katta) qatnashishi mumkin.
  • Xorijiy ishtirokchilar uchun alohida nominatsiya mavjud.

  Rasmiy sahifa

  Batafsil ma’lumot va fotolarni yuborish uchun: https://photo.mednet.ru/

  Yakuniy bosqich 

Konkurs yakunlari 2025-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Milliy sog‘liqni saqlash kongressi doirasida e’lon qilinadi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Veretyagina Yuliya Igorevna – press-xizmat rahbari

📱 +7 911 285 27 70 | ✉️ veretyaginayi@mednet.ru

Shevchenko Mariya Aleksandrovna – xalqaro faoliyat bo‘limi boshlig‘i

📱 +7 913 859 29 92 | ✉️ shevchenkoma@mednet.ru