×
Menu
Close Menu

​KLINIK ORDINATURA QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIGA QABUL BOSHLANGANINI EʼLON QILAMIZ!

  2025 yil  20-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2025/2026 oʻquv yili uchun Belarus Respublikasi, Belarus Davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda:

  • Kombustiologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Neyroxirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Onkoxirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin) , oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Oftalmologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Plastik xirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Rentgen-endovaskulyar xirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Qon tomir xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Toksikologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Transplantologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Funksional diagnostika (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  •   Kirish imtihonlari ikki bosqichda: mutaxassislik fani hamda tilni bilish darajasi bo’yicha test sinovlari o’tkaziladi.

      Hujjat topshirish talablari:

      Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni xohlagan nomzodlar hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan holda elektron shaklda (faqat PDF formatda, skanerlangan nusxa – fotosurat emas) tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetiga topshirishlari zarur.

      Muhim eslatmalar:

    • Nomzodlar ariza va qayd varaqasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shaxsan o‘zlari javobgar hisoblanadi.
    • Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlangach, ma’lumotlarni o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.
    • Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar bilan topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
    • Qayd varaqasidagi ma’lumotlar yuzasidan murojaatlar (shikoyatlar) ko‘rib chiqilmaydi.

      Murojaat uchun:

     Onlayn ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://interactive.sammu.uz/service/all 

        Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Murojaat uchun telefon: +998 33 223 70 00 (Dushanba–Shanba kunlari, 9:00–17:00) .