×
Menu
Close Menu

Qabul yakunlanmoqda! Samarqand davlat tibbiyot universitetining qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Bakalavriat

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda xalqaro bakalavriat dasturlarini taklif etadi:

  Qabul muddati: 20-avgustgacha


  Turkiya – Sog‘liq Bilimlari Universiteti
🧑‍⚕️ Yo‘nalish: Davolash ishi
👥 Kvota: 60 o‘rin  📚 O‘qish muddati: 5+1 yil  Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo,  ingiliz tili


   Xitoy – Shinjon tibbiyot universiteti
🌿 Yo‘nalish: Fundamental tibbiyot (xalq tabobati)
👥 Kvota: 15 o‘rin  📚 O‘qish muddati: 3+2 yil Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, ingiliz tili


  AQSh – Webster universiteti
🩺 Yo‘nalish: Hamshiralik ishi
👥 Kvota: 25 o‘rin  📚 O‘qish muddati: 3+1 yil  Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, ingiliz tili


  Rossiya – I.N. Ulyanov nomidagi Chuvashiya davlat universiteti
🧠 Yo‘nalish: Psixologiya
👥 Kvota: 20 o‘rin  📚 O‘qish muddati: 3+1 yil  Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, rus tili


  Rossiya – Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti
🧑‍⚕️ Yo‘nalishlar va kvotalar:

  • Davolash ishi – 60 o‘rin | 6 yil (4+2)
  • Pediatriya ishi – 60 o‘rin | 6 yil (4+2)
  • Stomatologiya – 60 o‘rin | 5 yil (3+2)

Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, rus tili


Magistratura 

  Italiyaning Piza universiteti 

Yo‘nalish: "General Medicine"

🎓 Kunduzgi ta’lim , 🌍 Ingliz tilida
📅 Ta’lim muddati: 1 yil + 1 yil 3 oy
📌 Qabul kvotasi: 50 o‘rin

  Xitoy – Shinjon tibbiyot universiteti

🎓 Kunduzgi ta’lim , 🌍 Ingliz tilida 

Yo‘nalishlar: Farmakologiya, Plastik xirurgiya, Oftalmologiya, Onkologiya va Neyroxirurgiya 

📅 Ta’lim muddati: 1,5 yil + 1,5 yil (ikki bosqichda, har ikki davlatda)

📌 Qabul kvotasi har yo'nalishda: 10 o‘rin

Hujjat topshirish talablari:

    Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni xohlagan nomzodlar hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan holda elektron shaklda (faqat PDF formatda, skanerlangan nusxa – fotosurat emas) tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetiga topshirishlari zarur.

    Muhim eslatmalar:

  • Nomzodlar ariza va qayd varaqasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shaxsan o‘zlari javobgar hisoblanadi.
  • Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlangach, ma’lumotlarni o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.
  • Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar bilan topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
  • Qayd varaqasidagi ma’lumotlar yuzasidan murojaatlar (shikoyatlar) ko‘rib chiqilmaydi.

  Onlayn ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://interactive.sammu.uz/service/all 

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

  • Murojaat uchun telefon: +998 33 223 70 00 (Dushanba–Shanba kunlari, 9:00–17:00) .