×
Menu
Close Menu

​KLINIK ORDINATURA QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIGA QABUL BOSHLANGANINI EʼLON QILAMIZ!

  2025 yil 23-iyuldan 2-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2025/2026 oʻquv yili uchun Rossiya Federasiyasi, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda:

  • Akusherlik va genikologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Radiologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Allergologiya va immunologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Kardiologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Nevrologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Neyroxirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Onkologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Otorinolaringologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Yurak qon-tomir xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 3 yil (1,5+1,5);
  • Torakal xirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Travmatologiya va ortopediya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Urologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Yuz-jag‘ xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Terapevtik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Xirurgik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Ortopedik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Bolalar stomatologiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Ortodontiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Farmasevtik texnologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

  Kirish imtihonlari ikki bosqichda: mutaxassislik fani hamda tilni bilish darajasi bo’yicha test sinovlari o’tkaziladi.

  To‘liq ma’lumot uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti rasmiy saytlari hamda universitetning Qo‘shma ta’lim fakultetidan olishingiz mumkin. Qoʻshma taʼlim dasturlarida ta'lim olmoqchi bo'lganlar xujjatlarning (rus tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanadi) elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida https://interactive.sammu.uz/service/all hamda https://lka.pimunn.net/ yuklashlari hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti qo‘shma ta’lim fakultetiga olib kelishlari talab etiladi.

  Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.

  Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugallangandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.

  Murojaat uchun:  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakulteti +998 33 223 70 00 Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha murojaat etishingiz mumkin