×
Menu
Close Menu

2025–2026-o‘quv yili uchun Klinik ordinaturaga qabul boshlandi

 — 

  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi buyrug‘iga muvofiq, klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi.

  Ushbu tartibga asosan, klinik ordinatura (rezidentura) va internatura mutaxassisliklariga mos ravishda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari fanlar majmuasi hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

  Bunda quyidagilar belgilandi:

  • Klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishga kirish uchun talabgor tomonidan topshiriladigan hujjatlar faqat elektron shaklda, Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining https://medtoifa.ssv.uz/ axborot tizimi orqali qabul komissiyasining mas’ul kotiblari tomonidan qabul qilinadi.
  • Talabgorlarning klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga kirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasada tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Hujjatlarni axborot tizimi orqali bayram va dam olish kunlaridan qat’i nazar, sutkaning istalgan vaqtida (24/7 rejimda) yuborish mumkin.
  • Talabgorlarning hujjatlari, tanlov haqida e’lon ommaviy axborot vositalarida berilgan kundan boshlab, 2025-yil 21-avgust, soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
  • Qabul komissiyasining mas’ul kotiblari tomonidan har bir talabgorga, hujjatlar topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida, axborot tizimi orqali tanlovga qo‘yish yoki rad etish haqida asoslantirilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.
  • Test sinovlari kompyuter orqali Markaz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tashkil etiladi.
  • Test variantlari hamda tegishli adabiyotlar ro‘yxati imtihondan kamida 10 kun oldin Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining https://tmbm.ssv.uz/ rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
  • Test jarayoni to‘liq onlayn translyatsiya qilinadi, shuningdek, audio va video yozuvga olinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
  +998 91 337 38 91 — Kamalov Anvarjon Ibragimovich 

  +998 97 893 36 06 —  Abdulakimov Mirabbos Qurolboyevich

  Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (Dushanba – Shanba)