×
Co-education
×
Menu
Close Menu

​2025/2026 o‘quv yili uchun Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon tibbiyot universiteti bilan hamkorlikdagi bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturiga qabul

    2025-yil 22-iyuldan 20-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturiga qabul jarayoni amalga oshiriladi.

    Yo‘nalish:

  • Fundamenal tibbiyot (xalq tabobati)
  • Qabul kvotasi: 15 o‘rin
  • O‘qish muddati: 3+2 yil

    Hujjat topshirish talablari:
    Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni xohlagan nomzodlar hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan holda elektron shaklda (faqat PDF formatda, skanerlangan nusxa – fotosurat emas) tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetiga topshirishlari zarur.

    Muhim eslatmalar:

  • Nomzodlar ariza va qayd varaqasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shaxsan o‘zlari javobgar hisoblanadi.
  • Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlangach, ma’lumotlarni o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.
  • Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar bilan topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
  • Qayd varaqasidagi ma’lumotlar yuzasidan murojaatlar (shikoyatlar) ko‘rib chiqilmaydi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

  • Samarqand davlat tibbiyot universitetining rasmiy veb-sayti: https://sammu.uz
  • Murojaat uchun telefon: +998 33 223 70 00 (Dushanba–Shanba kunlari, 9:00–17:00)