2025-yil 22-iyuldan 20-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturiga qabul jarayoni amalga oshiriladi.
Yo‘nalish:
- Davolash ishi (qabul kvotasi 60 oʻrin), oʻqish muddati 6 yil (4+2);
- Pediatriya ishi (qabul kvotasi 60 oʻrin), oʻqish muddati 6 yil (4+2);
- Stomatologiya (qabul kvotasi 60 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);
Hujjat topshirish talablari:
Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni xohlagan nomzodlar hujjatlarni rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan holda elektron shaklda (faqat PDF formatda, skanerlangan nusxa – fotosurat emas) tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetiga topshirishlari zarur.
Muhim eslatmalar:
- Nomzodlar ariza va qayd varaqasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shaxsan o‘zlari javobgar hisoblanadi.
- Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlangach, ma’lumotlarni o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.
- Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar bilan topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
- Qayd varaqasidagi ma’lumotlar yuzasidan murojaatlar (shikoyatlar) ko‘rib chiqilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
- Samarqand davlat tibbiyot universitetining rasmiy veb-sayti: https://sammu.uz
- Murojaat uchun telefon: +998 33 223 70 00 (Dushanba–Shanba kunlari, 9:00–17:00)