Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024 oʻquv yili uchun Rossiya Oltoy davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda bakalavriyat qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshlandi

      2023 yil 18-sentyabrdan 1-oktyabrgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024 oʻquv yili uchun Rossiya Oltoy davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda bakalavriyat qo‘shma ta’lim dasturi qabul amalga oshirilmoqda:

    • Stomatologiya (qabul kvotasi 50 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);

    Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, rus tili.

      Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Oltoy davlat tibbiyot universitetining rasmiy sayti (https://asmu.ru/abitur/) orqli kerakli maʼlumotlarni olishlari mumkin Roʻyxatdan oʻtish uchun https://interactive.sammu.uz/ru platformasida va SamDTU qo‘shma ta'lim fakultetiga murojaat qilishlari mumkin. Talabgorlar tomonidan tegishli maʼlumotlar kiritilishi va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklanishi va oq papkaga (дело) solib o‘zlari bilan olib kelishlari talab etiladi.

      Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.

      Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugagandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.

      Murojaat uchun telefon:

    +998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor Shukurullaevich)

      Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin. Shoshiling bizda joylar o‘rinlar cheklangan.