Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy ta’lim byurosi «Wenhui» mukofotiga tanlov e’loni !

  YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy ta’lim byurosi 2022-yil uchun «Ta’limni qayta tiklash uchun ta’lim innovatsiyalari» mavzusida «Wenhui» mukofotiga tanlov e’lon qildi.

Mukofotga nomzodlik shaklini to‘ldirishda quyidagi hujjatlarga e’tiborli bo‘lish zarur:

  • Konsepsiya;
  • Nomzodlik shakli;
  • Innovatsiyalar xulosasi uchun shakl;
  • Tez-tez so‘raladigan savollar.

Bundan tashqari, mukofotga da’vogarlik qilayotgan nomzod quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:

- Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi YUNESKOga a’zo davlatlar fuqarolari bo‘lishi;

- XXI asrda ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarga mos keladigan hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan innovatsion amaliyotlar ishlab chiqqan va joriy qilgan bo‘lishi;

- Nomzodlarning innovatsiyalari Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’lim imkoniyatlari va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi;

- Ta’limni ommalashtirish, ta’lim sifatini oshirish va ta’limni rag‘batlantirishga qat’iyatli munosabatda bo‘lishi kerak.

Ariza beruvchilar barcha talab qilinadigan materiallarni «Wenhui» mukofoti kotibiyati elektronmanziliga(Wenhui.Award@unesco.org) 2023-yil 27-yanvarga qadar (Bangkok vaqti (UTC+7) taqdim etishlari lozim.

Tanlov to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni quyidagi veb-sahifa orqali olishingiz mumkin: https://bangkok.unesco.org/content/wenhui-award-2022-call- applications-nominations-educational-innovations-learning-recovery-unesco.

Shuningdek, to‘liq ma’lumot quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi havolalarda mavjud: https://facebook.eom/unescobangkok/posts/pfbid034oCqWVL8JJt8M44D8OULLc DBw hamda https://twitter.com/unescobangkok/status/1585904282939052032


Xalqaro hamkorlik bo’limi