Ilmiy to'garak
"Raqamli texnologiyalar va bioinjeneriya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh fiziklar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun fizik bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyot asbob uskunalarining fizikaviy, biofizikaviy muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tahlil qilishadi. Shu bilan birgalikda kafedraning yetuk mutaxasis professor-o`qituvchilari tomonidan to`garak a`zolariga inson organizmida bo`ladigan fizik va biofizik jarayonlar to`grisida chuqur bilimlar berish bilan birgalikda zamonaviy tibbiyot texnologiyalarining yangi bosqichlari tog`risida ham chuqur ma`lumotlar berib kelishmoqda.
Tibbiyotdagi biofizikaviy muammolarga, fanga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Axrorov Ma’ruf Nasimjonovich, bugungi kunda u mustaqil izlanuvchi, shuningdek 50 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.
Kichik kurs sardori: M. Fozilova, davolash fakultetining 2- bosqich talabasi, 10 ta ilmiy tezis va maqolalarning muallifi va 2025 yil 10-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida o`tkazilgan “Avitsiyena izdoshlari” deb nomlangan III-xalqaro olimpiadasining faxrli I-o`rin g`olibasi.

