Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Bugungi kunda kafedra bajaradigan ilmiy tadqiqot ishlari rejalashtirilib, xalqaro standartga javob beradigan muammolar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish mo‘ljallangan. Hozirgi kunda kafedrada uch yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, bu ishlarda kafedraning hamma xodimlari faol qatnashmoqda.
- Fizika va biologik fizika fanlarini O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot institutlarida o‘qitish jarayonidagi muammolar. (Sodiqov N.O., Sheraliyev M.U., Mamarajabov D.S., Sodiqov M.N., Temirov F.N., Xamroev J.X., Axrorov M.N., Ergashev A.J., Nabiyev A.A., Sharipov Sh.A.)
- Qon va qon tarkibiga kiruvchi makro va mikro elementlar miqdorini o‘rganish. Muammo №0110/1110/14. (Sodiqov N.O., Sheraliyev M.U., Mamarajabov D.S., Sodiqov M.N., Temirov F.N., Xamroev J.X., Axrorov M.N., Ergashev A.J., Nabiyev A.A., Sharipov Sh.A.)
- Odam organizmiga tashqi muhit faktorlari ta’sirini, kunlik yutilgan radiatsiya miqdorini RBE aniqlash. (Sodiqov N.O., Sheraliyev M.U., Mamarajabov D.S., Sodiqov M.N., Temirov F.N., Xamroev J.X., Axrorov M.N., Ergashev A.J., Nabiyev A.A., Sharipov Sh.A.)
«Raqamli texnologiyalar va bioinjeneriya» kafedrasining professor-o‘qituvchilari SamDU, O‘zR FA yadro fizikasi instituti, O‘zR FA «Fizika-Quyosh» IICHB FTI, ToshDTU va Rossiya Tibbiyot universitetlari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy nashrlar amalga oshirilgan.