Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Xalqaro hamkorlik

  Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kafedra faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro hamkorlik talabalar va professor-o‘qituvchilarga stomatologiya sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar natijalari va ilg‘or yutuqlar bilan tanishish imkoniyatini beradi.

  Xalqaro hamkorlikning asosiy maqsadi stomatologiya sohasida mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalarini birlashtirish hamda ular o‘rtasida o‘zaro manfaatli kasbiy va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Ilmiy ma’lumotlar, zamonaviy metodikalar va amaliy tajriba almashish hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

  Stomatologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida samaradorligi xalqaro amaliyotda allaqachon isbotlangan innovatsion texnologiyalar, zamonaviy materiallar va asboblarni joriy etish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ularni o‘rganish va qo‘llash bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga, shuningdek, amaliyotchi shifokor-stomatologlarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga yordam beradi.

  Zamonaviy ortopedik stomatologiyada ham fundamental nazariy bilimlar, ham amaliy ko‘nikmalar muhim o‘rin tutadi. Bu borada amaliy mahorat darslari, zamonaviy davolash usullarini namoyish etish, tajribali o‘qituvchilar va ustoz shifokorlar bilan bevosita hamkorlik qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

  Hamkorlik yakunlari bo‘yicha tomonlar dolzarb mavzularni tayyorlash va kelishish, shuningdek, kunduzgi va masofaviy shakllarda ma’ruzalar va amaliy mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

  Turli kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish standartlari, usullarini xalqaro sifat standartlarigacha takomillashtirish va joriy etish qo‘shma Memorandumda o‘z aksini topgan hamkorligimizning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, buning eng samarali yo‘li ilg‘or xalqaro tajribani o‘zlashtirishdir.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etayotgan 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan aloqalarni tenglik tamoyili asosida rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va MDH davlatlari universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish qo‘shma dastur va ta’lim mobilligiga asoslangan.

  Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ta’lim olish, malaka oshirish, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish maqsadida xorijdan SamDTUga tashrif buyurayotgan yuqori malakali mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, talaba va tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda.

  SamDTU butun dunyo bo‘ylab ta’lim va ilmiy markazlar, universitetlar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyor va institut eshiklari xorijdagi barcha abituriyentlar, talabalar, izlanuvchilar va o‘qituvchilar uchun ochiq.

Hamkorlik geografiyasi: kafedra yaqin va uzoq xorijdagi to‘qqizdan ortiq oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalariga ega:

  1. Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti

  2. H.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk universiteti

  3. Oltoy davlat tibbiyot universiteti

  4. Akademik I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti

  5. Qozoq milliy tibbiyot universiteti

  6.Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi

  7. Volgabo‘yi ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti

  8. I.K. Oxunbayev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi

  9.Ivoclar Vivadent GmBH

  10. Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti

  11. Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti

  Birinchi delegatsiya 4.07.2022 dan 10.07.2022 gacha kafedraning assistenti N.X. Ortikova boshchiligidagi 4-5-kurs talabalaridan iborat bo‘lib, akademik mobillik doirasida Germaniyaning Elvangen (Frankfurt-Mayn) shahrida joylashgan Ivoclar stomatologiya kompaniyasining Markaziy ilmiy-tadqiqot muassasasiga tashrif buyurdi.

  Shuningdek, 2026-yil 13-maydan 16-maygacha kafedra assistentlari Islamova Nilufar Bustanovna va Turumova Marjona Bahodirovna delegatsiya tarkibida Rossiya Xalqlar Do‘stligi universitetida bo‘lishdi.