Xalqaro hamkorlik
Halqaro aloqalarni yanada kengaytirish, mustahkamlash, xorijiy OTMlar bilan faol tarzda bilim va ko‘nikmalarni almashish, akademik mobillik doirasida xorijiy hamkor OTMlar bilan professor o‘qituvchilar o‘rtasida aloqalarni tiklash va mustahkamlash, xorijning mashhur olimlarini kafedraga taklif qilish va ma’ruzalar, mahorat darslari, ilmiy – tadqiqot ishlarini tashkil qilish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot Universiteti Epidemiologiya kafedrasi xodimlari tomonidan 2025 yilda Xorijiy xamkasblarimiz bilan oʼtkazilgan akademik mobillik o‘tkazildi.


Samarqand davlat tibbiyot Universiteti Epidemiologiya kafedrasi xodimlari tomonidan 2025 yilda Xorijiy xamkasblarimiz bilan oʼtkazilgan akademik mobillik haqida maʼlumot. Rossiya Federatsiyasi Smolensk davlat tibbiyot uniersiteti.
Belarus Davlat Tibbiyot Universiteti va Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti epidemiologiya kafedralari birgalikda “Aerozol infeksiyalari: jahon, Belarus va O‘zbekiston Respublikasidagi epidemik vaziyat” mavzusida hamkorlikda navbatdagi talabalar to‘garak yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda BDTU tibbiy profilaktika fakulteti dekani Andrey Gindyuk, BDTU epidemiologiya kafedrasi mudiri Irina Val’chuk, SamDTU epidemiologiya kafedrasi mudiri Lola Mahmudovalar so‘zga chiqib, talabalarning ilmiy faoliyatida omad tiladilar.
Yig‘ilish doirasida SamDTU tibbiy-profilaktika fakulteti va Belarus Davlat Tibbiyot Universiteti talabalari o‘rtasida intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Intellektual bellashuv natijalariga ko‘ra:
- 1-o‘rin – 508-guruh talabasі Melimurodova Ma’suma
- 2-o‘rin – 529-guruh talabasі G‘iyosova Rayhona
- 3-o‘rin – Belarus Davlat Tibbiyot Universiteti talabasi Shvab Anna Pavlovnaga nasib etdi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida “Aerozol orqali yuqadigan infeksiyalar” mavzusidagi interaktiv viktorina o‘tkazildi. Qiziqarli tarzda o‘tgan viktorina talabalarga o‘z bilimlarni sinash barobarida epidemiologik jihatlarni muhokama qilish imkonini berdi!
Belarussiya davlat tibbiyot universiteti bilan birgalikda smenar mashg‘ulotlar olib borildi.

«Exinokokkoz va Leyshmaniyoz: kecha, bugun va ertaga» 25 may 2026 yil SamDTU huzuridagi L.M.Isaev nomidagi Mikrobiologiya, Virusologiya, Yuqumli va Parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va SamDTU Epidemiologiya kafedrasi ushbu xalqaro ilmiy anjuman O'zbekistonda va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan ikkita xavfli parazitar kasallik - - exinokokkoz va leyshmaniyozning hozirgi holati, epidemiologiyasi, diagnostikasi va profilaktikasiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida o'tkazildi. Janubiy Koreya, Rossiya va O'zbekiston — yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.