Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

  Yangi o‘quv yili arafasida yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy o‘quv binolari va talabalar turar joylarini barpo etish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. 

  Ana shu islohotlarning amaliy natijasi sifatida bugun Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov boshchiligida bir qancha oliy ta'lim muassasalarida yangi o'quv va turar joy binolarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham 500 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan majmuaning ochilish marosimida soha mas’ullari, universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar va yoshlar ishtirok etdi. Ochilishda so‘zga chiqqanlar oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda bo‘lajak tibbiyot xodimlari uchun yangi talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar haqida to‘xtaldilar.


SamDTU Matbuot xizmati