Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Xorijda grant asosida malaka oshirish dasturi bo‘yicha nomzodlar bilan komission yig‘ilish o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan klinik ordinatorlar, magistrantlar, doktorantlar uchun rivojlangan mamlakatlarda stajirovka o‘tash imkoniyatini beruvchi grant dasturi e’lon qilingan edi.

  Mazkur dastur tibbiyot sohasidagi yosh mutaxassislarning kasbiy va ilmiy tayyorgarlik darajasini oshirish, zamonaviy diagnostika, davolash hamda ilmiy-tadqiqot usullarini o‘zlashtirish, shuningdek, olingan bilimlarni amaliy faoliyatga joriy etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning 24-dekabr kuni hujjatlari qabul qilingan nomzodlar bilan komission yig‘ilish o‘tkazildi.

  Yig‘ilishda bevosita universitet rektori Jasur Rizayev hamda komissiya a’zolari ishtirok etib, nomzodlar bilan individual suhbat o‘tkazildi hamda ularning hujjatlari ko‘zdan kechirildi.



SamDTU Matbuot xizmati