Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

"Siz rus tilini bilasizmi?" viktorinasi o'kazildi

  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi “Chet tillarni targʻib qilishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek talabalarni rus tilini oʻrganishga undash va rus tili sohasidagi mavjud bilimlarni oʻyin vaziyati orqali mustahkamlash maqsadida SamDTUning 3-son talabalar turar joyida “Siz rus tilini bilasizmi?” viktorinasi oʻtkazildi.

  Viktorinada “Siz rus tilini bilasizmi?” uchta fakultet jamoalari ishtirok etdi: davolash ishi fakulteti, tibbiy biologiya, xalq tabobati. Har bir jamoa rus tilini yaxshi bilishini koʻrsatib, oʻz fakultetini munosib tarzda himoya etdi.

  Talabalar har xil turdagi va murakkablikdagi 4 ta topshiriqni topshirishlari kerak edi. Birinchi topshiriqda jamoalar taqdim etilgan rasmlardan mamlakat yoki diqqatga sazovor joy nomlarini taxmin qilishlari kerak edi. Ikkinchi topshiriq mantiqiy bellashuv boʻlib, talabalar oldindan berilgan soʻzlarni rasmlarga qarab taxmin qilishdi.

  Uchinchi topshiriqda jamoa sardorlari tibbiyotga oid bir qator  savollarga javob berishdi.

  Toʻrtinchi, ijodiy tanlov rusiyzabon mamlakatlarning qoʻshiqlari va filmlari lavhalarini koʻrib, tinglab aniqlash.

  Har bir viktorina tanlovi oʻziga xos tarzda qiziqarli va mazmunli boʻldi. Tadbir davomida talabalar nafaqat egallagan koʻnikmalarini faollashtiribgina qolmay, balki yangi maʼlumotlarni ham oʻrganishdi, ijodiy fikrlash va aktyorlik mahoratini namoyish etishdi.

  Viktorina natijalariga koʻra Tibbiy biologiya fakulteti talabalari jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

  Viktorina gʻoliblarini va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz!