Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU vakillari “Bahorgi tijoratlashtirish” forumida qatnashdilar

  16-17 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Bahorgi tijoratlashtirish” forumi boʻlib oʻtdi. Forumda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Antonina Kim, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi Sanjar Samatov, odam anatomiyasi kafedrasi xorijiy oʻqituvchisi Muhammad Kalim Raza hamda xalqaro taʼlim fakultetini talaba yoshlari ishtirok etdilar.

  SamDTU vakillari mazkur forum doirasida tijoratlashtirishga tayyor ilmiy-innovatsion ishlanmalar taqdim etib tibbiyot sohasidagi muammolarni istiqbolli yechimlari boʻyicha 280 million soʻmlik uch tomonlama shartnomalar imzolashga muvaffaq boʻldilar.

  Shuningdek, forum davomida amaliy va klinik tibbiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan tibbiyot fakulteti talabalari uchun eng yangi axborot texnologiyalari, jumladan, 3D-modellashtirishdan foydalangan holda tibbiy bilimlarni oʻzlashtirishni jadallashtirish maqsadida yaratilgan “Chinar Medicos” onlayn taʼlim platformasi taqdim qilindi. Mazkur platformaning imkoniyatlari forum ishtirokchilari katta qiziqishini uygʻotdi.

  Oʻtkazilgan forum eng yangi texnologiyalarni tijoratlashtirishga koʻmaklashish, ilmiy ishlanmalarni ommalashtirish va innovatsiyalar sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga katta turtki boʻladi.




SamDTU matbuot xizmati