Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TALABALARI DIQQATIGA!

  2026/2027-o‘quv yili uchun Talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish istagida bo‘lgan talabalar ariza topshirishni boshlashlari mumkin!

  Arizalar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori b

  ilan tasdiqlangan reglament asosida my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

👉 Ariza topshirish: my.gov.uz orqali ariza topshirish

TTJga joylashtirishda ustuvorlik tartibi

  1️⃣ Avvalo — imtiyozli toifadagi talabalar

Quyidagi toifalarga kiruvchi talabalar ustuvor tartibda TTJga joylashtiriladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar;
• yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
• nogironligi bo‘lgan talabalar;
• ko‘p farzandli oilalar farzandlari;
• reglamentda belgilangan boshqa imtiyozli toifalar.

👉 Imtiyozli toifalar bilan tanishish

  2️⃣ Keyingi bosqich — umumiy ro‘yxat

  Imtiyozli talabalar joylashtirilgandan so‘ng qolgan TTJ o‘rinlari umumiy ro‘yxatdagi talabalar o‘rtasida kurslar kesimida taqsimlanadi:

🟢 1-kurs — 55–65%
🔵 2-kurs — 15–20%
🟡 3-kurs va undan yuqori — 20–25%

👉 TTJga joylashtirishning umumiy tartibi

  1-kursga tavsiya etilganlar uchun

  2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilingach, TTJ uchun ariza topshirishlari mumkin.

  Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish yo'riqnomasi

  Qo'shimcha ma'lumot olish uchun https://t.me/+fEvVJtoFinI5MDBi

  Arizani o‘z vaqtida topshiring va TTJga joylashish imkoniyatidan foydalaning!