Hurmatli Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari!
Sizlarni “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” respublika loyihasida faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Mazkur loyiha yoshlarning sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Loyiha ishtirokchilariga yaratiladigan imkoniyatlar:
- Sun’iy intellekt va IT yo‘nalishida 5 ta bepul kursni o‘rganish
- Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lish
- Tanlov va olimpiadalarda ishtirok etish hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritish imkoniyati
- Qimmatbaho sovg‘alar va rag‘batlantirish mukofotlari
Kimlar qatnasha oladi?
- Samarqand davlat tibbiyot universiteti bakalavr va magistratura talabalari
- IT, tibbiyot + IT, sun’iy intellekt yo‘nalishlariga qiziquvchilar
- Boshlang‘ich bilimga ega bo‘lgan talabalar (yangi boshlovchilar ham qatnashishi mumkin)
Ishtirok etish tartibi:
- Platformada ro‘yxatdan o‘ting
- 5 ta bepul kursni muvaffaqiyatli yakunlang
- Sertifikatlarni yuklab oling
- Tanlovda avtomatik tarzda ishtirok eting
Muhim havolalar:
Ro‘yxatdan o‘tish: 👉 https://coursera.org
Video qo‘llanma (ro‘yxatdan o‘tish va kurs tanlash bo‘yicha)
Telegram qo‘llab-quvvatlash guruhi:👉 https://t.me/ai_yoshlar
Eslatma:
- Kurslarni to‘liq yakunlash majburiy
- Sertifikatsiz ishtirokchilar tanlovga kiritilmaydi
- Har bir talaba o‘z natijasi asosida baholanadi