Hurmatli tyutorlar!
Samarqand davlat tibbiyot universitetida tyutorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Fakultet bosqichi
Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar fakultet dekani tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Universitet (yakuniy) bosqichi
Har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rin egalariga SamDTU rektori tomonidan:
- Diplom
- Esdalik sovg‘asi
- Budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida pul mukofoti beriladi.
Qo‘shimcha rag‘batlar
- Yakuniy bosqichda g‘olib bo‘lmagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
- Faol tyutorlarga oylik ustamalar joriy qilinadi.
- Eng samarali tyutorlar xorijiy oliy ta’lim muassasalariga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Ariza topshirish tartibi
📅 Muddati: 2025-yil 12- dekabr
📍 Arizalarni: Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga topshirasiz
☎️ Bog‘lanish: Muxiddinov Saloxiddin Nuriddin oʻgʻli +998 94 530 74 30
Barchani “Eng yaxshi tyutor” tanlovida faol ishtirok etishga taklif etamiz!