2024/2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti umumiy tanlov natijalari e’lon qilindi.
Talabalar grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha umumiy tanlov natijalari bilan https://interactive.sammu.uz/grants-contracts/grant-results
platformasi orqali tanishishlari mumkin.
Natijalarni belgilash tartibi:
– To‘liq ta’lim granti
– To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti
– Kvota ajratilmagan
– Tavsiya etilmadi
Apellyatsiya tartibi:
Ta’lim grantini qayta taqsimlash jarayonidan norozi bo‘lgan talabgorlar har bir ko‘rsatkich bo‘yicha 48 soat ichida https://interactive.sammu.uz/application/leader platformasining “Rahbarlarga murojaat yuborish” bo‘limi orqali apellyatsiya berishlari mumkin.
Eslatma: Qo‘shimcha davlat granti va oliy ta’lim tashkiloti granti bo‘yicha umumiy tanlov natijalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ro‘yxat taqdim etilgandan so‘ng e’lon qilinadi.
2024/2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha arizalar joriy yilning 10-avgustiga qadar https://interactive.sammu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154)ga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq ko‘rib chiqildi.