Bakalavriat
Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda xalqaro bakalavriat dasturlarini taklif etadi:
Qabul muddati:22-iyuldan 20-avgustgacha
Turkiya – Sog‘liq Bilimlari Universiteti
🧑⚕️ Yo‘nalish: Davolash ishi
👥 Kvota: 60 o‘rin 📚 O‘qish muddati: 5+1 yil Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, ingiliz tili
Xitoy – Shinjon tibbiyot universiteti
🌿 Yo‘nalish: Fundamental tibbiyot (xalq tabobati)
👥 Kvota: 15 o‘rin 📚 O‘qish muddati: 3+2 yil Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, ingiliz tili
AQSh – Webster universiteti
🩺 Yo‘nalish: Hamshiralik ishi
👥 Kvota: 25 o‘rin 📚 O‘qish muddati: 3+1 yil Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, ingiliz tili
Rossiya – I.N. Ulyanov nomidagi Chuvashiya davlat universiteti
🧠 Yo‘nalish: Psixologiya
👥 Kvota: 20 o‘rin 📚 O‘qish muddati: 3+1 yil Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, rus tili
Rossiya – Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti
🧑⚕️ Yo‘nalishlar va kvotalar:
- Davolash ishi – 60 o‘rin | 6 yil (4+2)
- Pediatriya ishi – 60 o‘rin | 6 yil (4+2)
- Stomatologiya – 60 o‘rin | 5 yil (3+2)
Kirish imtihon bloklari: biologiya, kimyo, rus tili
Magistratura
Italiyaning Piza universiteti
Yo‘nalish: "General Medicine"
🎓 Kunduzgi ta’lim , 🌍 Ingliz tilida
📅 Ta’lim muddati: 1 yil + 1 yil 3 oy
📌 Qabul kvotasi: 50 o‘rin
Xitoy – Shinjon tibbiyot universiteti
🎓 Kunduzgi ta’lim , 🌍 Ingliz tilida
Yo‘nalishlar: Farmakologiya, Plastik xirurgiya, Oftalmologiya, Onkologiya va Neyroxirurgiya
📅 Ta’lim muddati: 1,5 yil + 1,5 yil (ikki bosqichda, har ikki davlatda)
📌 Qabul kvotasi har yo'nalishda: 10 o‘rin
Hujjat topshirish talablari:
Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qishni xohlagan nomzodlar hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan holda elektron shaklda (faqat PDF formatda, skanerlangan nusxa – fotosurat emas) tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetiga topshirishlari zarur.
Muhim eslatmalar:
- Nomzodlar ariza va qayd varaqasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shaxsan o‘zlari javobgar hisoblanadi.
- Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlangach, ma’lumotlarni o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.
- Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar bilan topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
- Qayd varaqasidagi ma’lumotlar yuzasidan murojaatlar (shikoyatlar) ko‘rib chiqilmaydi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://interactive.sammu.uz/service/all
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
- Murojaat uchun telefon: +998 33 223 70 00 (Dushanba–Shanba kunlari, 9:00–17:00) .