Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Yaponiyada bepul magistratura o‘qish imkoniyati!

  Sog‘liqni saqlash vazirligiga JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi)dan yuborilgan xatga ko‘ra, Tokio fanlar institutida “Tibbiy xizmatlar umumiy qamrovi” bo‘yicha 2 yillik magistratura dasturiga hujjat qabul qilinmoqda.

  Dastur haqida:

  • O‘qish muddati: 2 yil (2026-yildan boshlanadi)
  • Barcha xarajatlar (aviabilet, stipendiya, o‘qish) JICA tomonidan to‘liq qoplanadi

  Kimlar qatnasha oladi?

  • Tibbiyot sohasida ishlayotgan xodimlar
  • Talablar va kerakli hujjatlar ro‘yxati ilovada keltirilgan

JICA uzoq muddatli ishtirokchilar uchun bilimlarni birgalikda yaratish dasturi (JICA taraqqiyot tadqiqotlari dasturi).pdf

 Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

1. Oliy tibbiy ma’lumotga (bakalavr yoki magistr darajasi) ega bo‘lish;

2. 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 40 yoshdan oshmaganlik;

3. Ingliz tilini yuqori darajada bilish, TOEFL (iBT 80 dan kam bo'lmasli) yoki IELTS (6.5 dan kam bo'lmasligi) sertifikatiga ega bo‘lish;

4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish. 

  Shuningdek, har bir nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

1. Rasmiy ariza shakli; (1-ilovaga qarang)

2. Tadqiqot rejasi; (1-ilovaga qarang)

3. Karyera rejasi; (1-ilovaga qarang)

4. Ariza shakli; (2-ilovaga qarang)

5. Maqsad va vazifalar bayoni; (2-ilovaga qarang)

6. Tavsiyanomalar; (2-ilovaga qarang)

7. Akademik ma’lumotnoma (transkript);

8. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning ingliz tiliga qilingan rasmiy tarjimasi bilan nusxasi;

9. Ingliz tili bilimi darajasini tasdiqlovchi sertifikat (TOEFL yoki IELTS) nusxasi; 

10. Rasmdor pasport nusxasi;

11. Anketaga 2 ta fotosurat (4x3 sm) (asl nusxa va nusxa);

12. Ish beruvchining yo‘llanma xati.

  Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq to‘plamini JICA dasturlari koordinatori Xoshanova Nigoraga joriy yilning 25-avgustdan kechiktirmay khoshanova-nigora@jica.go.jp elektron pochta manziliga (tel: 78 1200566/67) yuborishingizni so‘raymiz.

  2025-yil sentyabr oyida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va shu asosda keyinchalik suhbat hamda universitetning tegishli imtihonlarini topshirish uchun nomzodlarning qisqartirilgan ro‘yxatini tuzish rejalashtirilmoqda (taxminan oktyabr-noyabr oylari).