2024 yil 22-iyuldan 20-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2024/2025 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasining Saratov davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda bakalavriyat qo‘shma ta’lim dasturi qabul amalga oshirilmoqda:
Farmatsiya (qabul kvotasi 20 oʻrin), oʻqish muddati 5 yil (3+2);
Kirish imtihon bloklari: biologiya ,kimyo, rus tili
To‘liq ma’lumot uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti rasmiy saytlari (https://sammu.uz) hamda Rossiya Federatsiyasining Saratov davlat tibbiyot universitetining (https://www.sgu.ru/) olishingiz mumkin. Qoʻshma taʼlim dasturlarida ta'lim olmoqchi bo'lganlar xujjatlarning (rus tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanadi) elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida https://interactive.sammu.uz/service/all yuklanishi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti qo‘shma ta’lim fakultetiga olib kelishlari talab etiladi.
Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugallangandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.
Murojaat uchun:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qo‘shma ta’lim fakulteti +998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor Shukurullayevich).
Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha murojaat etishingiz mumkin