×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joyi binosini qurish

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetiga xususiy tashabbuskor “BURGUT UYASI” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Samarqand davlat tibbiyot universiteti (0,3 gektar) hududida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

  Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 

  2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

  Ilova qilinayotgan hujjatlar:

Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha to‘g‘risida ma’lumot

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 8-iyunga qadar “Qiziqish bildirish shakli”ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

Samarqand davlat tibbiyot universiteti:

Elektron pochta manzili: devonxona@uzfi.uzelmuradov_gayrat@sammu.uz

Telefon raqami: +998(66) 233 50 00; +99897 700-09-01

Manzil: Samarkand shahri, Gʻ.Jamshid kuchasi 31 A-uy, Samarqand davlat tibbiyot universiteti hududi


Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi:

 Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz

Telefon raqami: +998(71) 203-32-23

Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy


O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

Elektron pochta manzili: pppd@imv.uzAlisher.Normurodov@imv.uz

Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01936)

Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy


  “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.