Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi o’qishga taklif etadi

  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o’qish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonlari 2024-yilning 10-apreliga qadar davom etadi.  Akademiyada quyidagi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim jarayoinlari yo’lga qo’yilgan:

I.BAKALAVRIYAT

 - harbiy vrach (1 yil)

II. HARBIY INTERNATURA

- Ichki kasalliklar (terapiya) (1 yil)

- Umumiy xirurgiya

- Yuqumli kasalliklar yo‘nalishlar bo‘yicha(1 yil)

III. KLINIK ORDINATURA

- Ichki kasalliklar (terapiya) (2 yil)

- Umumiy xirurgiya (3 yil)

- Yuqumli kasalliklar (2 yil)

IV. MAGISTRATURA

- Harbiy sog‘liqni saqlashni tashkil etish va menejmenti (2 yil)

V. DOKTORANTURA

 -   Harbiy tibbiyot (3 yil)

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakulteti 5-bosqich talabalari hamda Tibbiy profilaktika fakulteti 4-bosqich talabalari hujjat topshirishlari mumkin. 

Shuningdek, Harbiy tibbiyot akademiyasi talabalariga quyidagi imtiyoz va yengillilklar ko’zda tutilgan:

  •  Bepul yotoqxona (2 o‘rinli);
  •  Uch mahal bepul issiq ovqat;
  •  Faslga qarab bepul harbiy kiyim-kechaklar;
  •  Pul ta’minoti (stipendiya):

      - Qoniqarli bahoga o‘qigan kursantlarga– 886 949 so‘m;

      - Yaxshi bahoga o‘qigan kursantlarga– 1 009 792 so‘m;

      - A’lo bahoga o‘qigan kursantlarga– 1 163 064 so‘m.

  •  Shahar transportlaridan bepul foydalanish;
  •  Harbiy davolash muassasalarida bepul davolanish;
  •  Qishda 15 kunlik ta’til yozda esa 30 kunlik ta’til;
  •  Yozgi ta’tilga te’mir yo‘l va davlat avtotransportidan bepul foydalanish
  •  Ota-onalar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi