Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovida ishtirok eting!

  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini eʼlon qiladi.

  Mazkur tanlovda oʻzining ilmiy gʻoyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

  Tanlovga arizalar joriy yilning 15-fevral kuniga qadar www.vorislar.uz  rasmiy sayti orqali qabul qilinadi.

  Oʻzingizni namoyon etishga shoshiling!