Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Rektor stipendiyasiga talabgorlar diqqatiga!

  Hurmatli talabalar! Rektor stipendiyasiga hujjatlar 2024-yil 1-fevraldan qabul qilinadi!

  Sizning yutuqlaringiz - sertifikatlar, diplomlar, maqolalar va tezislar ilmiy kotib tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1. Ma’lumotnoma-ob'ektivka

2. Pasport nusxasi

3. Baholash kitobchasining (zachyotka) nusxasi

4. Fakultet dekanining tavsiyanomasi

5. Kafedra to‘garagi rahbarining tavsiyanomasi

6. SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisining tavsiyanomasi

7. Ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl)

8. Ilmiy yutuqlar nusxalari (ilmiy anjumanlar nashrlari, maqola va tezislar, olimpiada diplomlari)

9. Til bo‘yicha xalqaro sertifikat

10. Musobaqa va sportdagi yutuqlar

11. Yutuqli startap loyihalari.

  Barcha hujjatlar fayl papkada taqdim etilishi kerak. 

  Universitet ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan barcha hujjatlar iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirilishi kerak.