Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

KLINIK ORDINATURA QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIGA QABUL DAVOM ETMOQA!

2023 yil 1-dekabrgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2023/2024 oʻquv yili uchun Belarus Respublikasi Vitebsk davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda:

  • Akusherlik va genikologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Kardiologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Nevrologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin) , oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Otorinolaringologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Travmatologiya va ortopediya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Yuz-jagʻ xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Yurak qon-tomir xirurgiyasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Xirurgik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Torokal xirurgiya (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);
  • Ultra tovush diagnostikasi (qabul kvotasi 10 oʻrin), oʻqish muddati 2 yil (1+1);

Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fani, rus tili.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlari haqida chuqurroq maʼlumotni Belarus Respublikasi Vitebsk davlat tibbiyot universitetining rasmiy saytlari orqali olishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlar (https://interactive.sammu.uz/service/all) platformasiga tegishli maʼlumotlarni kiritib, quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklashlari talab etiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun abituriyentlar SamDTU qoʻshma taʼlim fakultetiga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon:

+998 97 914 48 48 (Abduraxmanov Diyor Shukurullaevich)

Haftaning ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha. Shoshiling, bizda oʻrinlar cheklangan.