Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Indoneziyada ta’lim olish uchun grantlar e’lon qilindi!

  Indoneziya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasi «Rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlik dasturi» doirasida O‘zbekiston fuqarolari mazkur mamlakatni ilg‘or oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim bosqichlarida tahsil olish uchun grantlar ajratilganligini e’lon qiladi.

  Stipendiya dasturi doirasidagi grantlar ijtimoiy-gumanitar, muhandislik, tabiiy fanlar yunalishlari bo‘yicha e’lon qilingan va xalqaro aviachiptalar, tibbiy sug‘urta, yashash, o‘quv materiallari sotib olish, ilmiy maqolalar chop etish hamda bitiruv marosimlari bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

  Stipendiya dasturida davlat xizmatchilari, OTMlar o‘qituvchilari va nodavlat tashkilotlar xodimlariga ustunlik berilishi aytib o‘tilgan.

  Mazkur stipendiya dasturida ishtirok etish uchun https://knb.kemdikbud.go.id/ havolasi orqali joriy yilning 18-fevraliga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi