Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​KLINIK ORDINATURA QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIGA QABUL BOSHLANISHINI EʼLON QILAMIZ!

  2022 yil 2-avgustdan 15-avgustgacha Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2022/2023 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul amalga oshirilmoqda:

  • 1. Terapevtik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 2. Xirurgik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 3. Ortodontiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 4. Ortopedik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 5. Yuz-jagʻ jarrohligi (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 6. Allergologiya va immunologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 7. Yuqumli kasalliklar (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 8. Yurak-qon tomir jarrohligi (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 9. Endokrinologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 10. Urologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 11. Travmatologiya va ortopediya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 12. Radiologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 13. Gastroenterologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);

  Oʻqish muddati 2 yil (1+1). Taʼlim tili – rus tili.

  Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fani rus tili.

  Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetida “Shaxsiy kabinet” ochishlari (https://pimunn.ru/personalaccountoftheapplicant) va kerakli maʼlumotlarni yuklashlari lozim (roʻyxatdan oʻtish qoidalari bu yerda). Shu bilan bir qatorda, https://doubled.sammu.uz
platformasida tegishli maʼlumotlar kiritilishi va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlagan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklanishi talab etiladi.

  Talabgorlar ushbu qayd varaqadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi

  Roʻyxatdan oʻtish jarayoni tugagandan soʻng talabgor maʼlumotlarini oʻzgartira olmaydi, qayd varaqadagi maʼlumotlar yuzasidan murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi. Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.

  Murojaat uchun telefon:

+998 90 606 70 00 (Poʻlatov Ulugʻbek), +998 99 666 00 32 (Abdullayev Afzal), +998 98 189 00 96 (Shopulotov Shoxrux)

  Haftaning ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha murojaat etishingiz mumkin