Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Al-Fozan mukofoti tanlovi haqida eʼlon!

  Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Saudiya Arabistoni va YUNESCO tashkilotining joriy etilgan birinchi YUNESCO/Al-Fozan mukofoti uchun tanlov eʼlon qilingan.

  Mukofot miqdori 50,000 AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hayʼat tavsiyasi asosida YUNESCO bosh direktori tomonidan tanlab olinadi.

  Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyida keltirilgan havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari hamda ariza varaqalarini ingliz yoki fransuz tillarida toʻldirishlari kerak: https://apply.unescoalfozanpri...

  YUNESCO/Al Fozan mukofoti bilan bogʻliq boʻlgan batafsil maʼlumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin: https://www.unesco.org/en/priz...

  Hujjat topshirish muddati: 2022-yil 15-noyabr.

Xalqaro aloqalar boʻlimi