Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Turkiya oliy taʼlim muassasalarida grant asosida tahsil olish imkoniyatingiz bor !

  Turkiya Hukumati tomonidan 2022-yil uchun talabalar va ilmiy tadqiqotchilarga Turkiya oliy taʼlim muassasalarida grant asosida tahsil olish va ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grantlar dasturi eʼlon qilingan.

  Ushbu grantlar dasturi bakalavriat, magistratura, doktorantura taʼlim bosqichlari va ilmiy tadqiqot olib borish uchun moʻljallangan boʻlib, ular universitetga joylashtirish, 1 yillik turk tili kursi, tibbiy sugʻurta, bir martalik aviachipta, stipendiya, oʻqish uchun toʻlov, madaniy va ilmiy dasturlar, yotoqxona bilan taʼminlash kabilarni oʻz ichiga oladi.

  Stipendiya miqdori bakalavr talabalari uchun har oy 800 turk lirasi (TL), magistratura talabalari uchun 1100 TL, doktorantlarga 1600 TL, ilmiy tadqiqotchilar uchun 3000 TL, davlat xodimlari va ilmiy xodimlar uchun “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” 2000 TL ni tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar faqatgina oylik stipendiya bilan cheklangan. “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” granti oylik stipendiya, yotoqxona, aviachipta, madaniy va ijtimoiy tadbirlarni oʻz ichiga oladi. “Turkiya grantlari” dasturiga onlayn tarzda quyidagi veb-sayt orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: www.turkiyeburslari.gov.tr

  Mazkur tanlovning yosh jihatdan cheklovlari veb-saytda keltirilgan. Hujjat topshirish muddatlari “Turkiya grantlari” dasturining veb-saytidagi “Application calendar” sahifasida maʼlum qilingan.

Xalqaro hamkorlik boʻlimi