×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Mobil ko'rinishi
  • Zoom text
Close Menu

2022 yil 1-chorak uchun uchun mustaqil izlanuvchilikka Fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) qabul toʻgʻrisida eʼlon!

Fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 2022 yil 1 chorak (kvartali) uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul 2022 yil 15-yanvardan 15-fevralgachadavom etadi. Maʼlumot uchun ilmiy boʻlimga murojat qilishingiz mumkin.

Nomzodlar dastlab www.phd.mininnovation.uz veb sayti orqali roʻyxatdan o’tishlari kerak boʻladi.

1. Falsafa fani doktorligiga quyidagilarga ega boʼlganlar qabul qilinadi:

magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplomga (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) ega boʼlganlar;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan ikkita maʼruza tezislariga ega boʼlganlar.

PhD mustakil izlanuvchilikka talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik maʼlumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati, shuningdek ularning nusxalari.
  • 2. DSc mustaqil izlanuvchi doktoranturaga quyidagilarga ega boʼlganlar qabul qilinadi:

      fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;

      fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʼng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish.

    DSc mustakil izlanuvchi doktoranturada oʼqishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik maʼlumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʼlganligi toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi boʼyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.
  • phd.mininnovation.uz veb sayti orqali roʻyxatdan o’tish