Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xorij va Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan oʻqishini koʻchirishda belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan talabgorlar DIQQATIGA!

  Endi xorij va Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz tizimi orqali roʻyxatdan oʻtib, oʻqishini koʻchirishda belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

  Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida ushbu video yoʻriqnoma orqali batafsil bilib olishlari mumkin.