Madaniy-ommaviy ish talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan. Fakultet faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri talabalarda yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasb-hunar faoliyatiga bo'lgan qiziqishni, sog'lom turmush tarziga bo'lgan ehtiyojni tarbiyalash, o'quvchilarni institut madaniy-ommaviy tadbirlariga jalb etish hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun fakultetda murabbiylik kengashi faoliyat olib boradi, uning faoliyati tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
Fakultetning asosiy faoliyatlaridan biri studentlarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) boʼlishni, sogʼlom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakllantirish, ularni universitetning ommaviy – madaniy tadbirlariga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun fakultetda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular oʼz faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. Fakultetning xar bir guruhiga murabbiy biriktirilgan boʼlib, ular tajribali pedagoglardan tanlangan. Fakultet studentlari boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida, murabbiylar rahbarligida jamoat tadbirlarida, havaskorlik tashabbuslariga jalb etiladi, Samarqandning va Respublikaning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor yodgorliklari, teatr va muzeylariga tashrif buyurishadi.
Fakultet studentlari Respublikamizda oʼtkazilib kelinayotgan turli ijodiy konkurslarda qatnashib kelishmoqda. Jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor berilmoqda. Fakultet studentlari universitetimiz sport kompleksi bazasida faoliyat koʼrsatayotgan suzish, tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashi, yengil atletika sektsiyalariga qatnaydilar. Ular mahalliy va Respublika miqiyosidagi sport musobaqalarida ham faol qatnashadilar.
Murabbiylik guruxi bilan sayoxat
Shuningdek xalqaro ta’lim fakultetida turli xil sport musobaqalari ham muntazam ravishda o’tkazilmoqda.ma'naviy-ma'rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi, unga muvofiq tarixiy sanalar, milliy bayramlar, ichki ishlar organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, ma'naviyat markazlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o'tkazilmoqda.
Xalqaro ta’lim fakulteti DEKAN KUBOGI doirasida qo’shma ta’lim va xorijiy MD talabalari o’rtasida o’tkazilgan Futbol musobaqasi.