— halqaro aloqalarni yanada kengaytirish, mustahkamlash, xorijiy OTMlar bilan faol tarzda bilim va ko‘nikmalarni almashish;
— akademik mobillik doirasida xorijiy hamkor OTMlar bilan professor o‘qituvchilar o‘rtasida aloqalarni tiklash va mustahkamlash;
— xorijning mashhur olimlarini kafedraga taklif qilish va ma’ruzalar, mahorat darslari, ilmiy – tadqiqot ishlarini tashkil qilish.
Kafedra hozirgi kunda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish jarayonida nafaqat O‘zbekiston hududida joylashgan OTMlar, balki, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (SPbPGMU), Ryazan davlat tibbiyot universiteti (RyazGMU), S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (KazNMU), Karaganda davlat tibbiyot universiteti (KGMU), Istanbul Medeniyet University, Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (TGMI), Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (TTA), Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Urgench filiali, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti (TDSI), Toshkent davlat pediatriya instituti (TDPI) kabi o‘quv yurtlari bilan keng ma’noda aloqalarni olib bormoqda.
2022 yil 17 – 22 yanvar kunlari SamDTU mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Yusupov Mashrab Ismatillovich akademik mobillik doirasida Istanbul Medeniyet Universityning stomatoligiya fakultetining 2- bosqich talabalariga «Mikrobiologiya va parazitologiya» mavzusida ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘qib keldi.
Bundan tashqari akademik mobillik doirasida 18.04 – 22.04.22 yilda SamDTU mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga «Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti» kattalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya kafedrasi professori Kozlov Sergey Sergeevich tashrif buyurdi hamda kafedrada tahsil olayotgan tibbiy pedagogika, davolash, pediatriya fakultetining 2-bosqich talabalariga «Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya» fanidan amaliyot va ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tib berdi.
Xuddi shu dastur doirasida 2021 yilning oktyabr oyida kafedraga Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetining mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasining professori t.f.d. Mustafina Kamilya Kamalovna tashrif buyurdi va talabalarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatib o‘tdi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Ryazan davlat tibbiyot universiteti o`rtasida tuzilgan memorandumga asosan 2020-2021 o‘quv yilining bahorgi semestrda hamda 2021-2022 o‘quv yilining kuzgi va bahorgi semestrida onlayn-formatda masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda ma’ruza va amaliy darslar o‘tildi.
10.05 - 20.05.2022 yilda SamDTU mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi dotsenti b.f.n. Vaxidova Adolat Mamatkulovna Ryazan davlat tibbiyot universitetining mikrobiologiya kafedrasiga tashrif buyurdi.
16.05-22.05.2022 yilda SamDTU mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Yusupov Mashrab Ismatillovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tarkibida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi (SPbGPMU) va “VIII Конгресса Евро-Азиатского общества по инфекционным болезням” nomli kongressda ishtirok etdi.

Ayni tashrif davomida Yusupov Mashrab Ismatillovich akademik I.P. Pavlov nomidagi birinchiSankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetining mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga tashrif buyurib, kafedra mudiri, akademik V.V Tets bilan uchrashdi hamda keyingi faoliyatilari davomida qilinishi lozim bo‘lgan rejalar bilan fikr almashishdi..
SamDTU mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi tomonidan tashkil qilingan vebenarlar:
2021 yilning 27 aprel kuni Ryazan davlat tibbiyot universiteti mikrobiologiya kafedrasi mudiri, dotsent t.f.n. Yevdokimova Olga Valerevna tomonidan “Инфекция. Патогенез. Верулентност” nomli onlayn-vebinar.
2021 yil 2 iyunda S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor Ramazanova Baxыt Amanullovna "Антибиотикорезистентность: проблемы, механизмы, определение" nomli onlayn-vebinar.
2022 yil 28 mayda Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan shifokor, Buryatiya Respublikasi fan arbobi, Irkutsk oblasti yuqumli kasalliklari assotsiatsiyasi va gospital epedimiologlar prezidenti, IDTU professori, t.f.d. Aitov Kurban Aitovichning "Протозозы" nomli onlayn-vebinari tashkil qilindi.