Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Tibbiy kimyo kafedrasi

Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna

Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, t.f.d.(DSc)


Qabul vaqti: Dushanba – Shanba soat 08:30 -14.30
Tel:

+998973930110

E-mail: dilyax82@mail.ru
Manzil: Samarqand sh., Amir Temur ko`ch, 18

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH

Lavozimi

Yusupova Saodat Sayfiyevna

dotsent

Mamadiyarova Xolida

dotsent

Kiyamova Dilfuza Sharipovna

assistent

Pardayeva Sohiba Buriyevna

Assistant

Qarjavov Abduxakim Raxmanovich

Assistant

Rayimqulova Charos Axmatovna

Assistant

Qodirov Behzod Gafurovich

Assistant

Mamadaliyev Ikrom Ilxomiddinovich

Assistant

Turg’unov Davron Elbekovich

Assistant

Isoqova Dilnoza Toshevna

stajyor-assistent

Raxmonova Feruza Erdanovna

stajyor-assistent

Berdimurodova Feruza Pirnazorovna

stajyor-assistant

Nurmanova Iroda Musurmonovna

stajyor-assistant

Usmonova Hilola Isropilovna

stajyor-assistant

Sayfiyeva Maftuna Samaruddinovna

stajyor-assistant


KAFEDRA TARIXI


  1930 yilda "umumiy kimyo" kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 1933 yilga qadar prof. N.L.Merkulovich mudirlik qilgan, 1933-1936 yillarda kafedrani professor L. N. Parfentyev boshqargan.

  1938 yildan boshlab "anorganik ximiya" kafedrasi deb atalib, uni 1946 yilgacha dosent A.A.Shamshurin boshqargan. Bu yillar mobaynida kafedra xodimlari anorganik kimyoning turli yo'nalishlarida ilmiy-izlanishlar olib borgan va ular tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan.

  1946-1964 yillari kafedraga dots. S.F.Babak mudirlik qilgan. Uning rahbarligida kafedrada "Alkalloidlarning kompleks birikmalari pirimidin hosilalari" mavzusida ilmiy-tekshirish ishlari olib borilgan.

  1964 yilda umumiy ximiya kafedrasi bilan biologik ximiya kafedrasi birlashtiriladi va unga dots. I.G.Priyev rahbarlik qildi. Bu davr ichida kafedraning organik ximiya bilan shug'ullanuvchi a'zolari karbazidning yangi sintez usulini ishlab chiqdilar va mikroelementlarning biologik ahamiyatini tadqiq qiladilar. Natijada sog'liqni saqlash amaliyoti uchun muhim ahamiyatga molik bo'lgan yangi xulosalar olindi.

  1977 yil dekabr oyida kafedra Bioanorganik va fizikaviy ximya, hamda Bioorganik va biologik ximiya kafedralariga bo'lindi. Bioanorganik va fizikaviy ximya kafedrasiga dots. Q.A.Asqarov rahbarlik qila boshladi. Bu yillar kafedrada ilmiy izlanishlarga e'tibor yanada oshdi. Buning samarasi o'laroq kafedrada 4 ta doktorlik (Q.A.Asqarov, D.M.Ivniskiy, M.D.Davronov, B.S.Mirzayev) va 12 ta nomzodlik (S.T.Rashidova, I.M.Muratov, R.T.Toshmatova, Z.Yu.Yunusova, K,I,Iskandarov, M.F.Yulayev, R.A.Dmitrieva, D.Daniyarov, N.Tangiyarikov va b.q) tayyorlandi va himoya qilindi. Oltita monografiya 450 dan ortiq ilmiy va o'quv – uslubiy maqolalar nashr etildi. Bu davrda kafedra a'zolari tomonidan 20 ta ilmiy kashfiyot uchun mualliflik guvohnomalari, 2 ta patent 30 ga yaqin ilmiy mulohazalar asoslanib berildi.

  Bioorganik va biologik ximiya kafedrasiga esa prof. V.A.Blinov rahbarlik qildi. Ilmiy tadqiqotlar ko'lami kengaytirilib, kafedra jamoasining diqqat-e'tibori qon tomir sistemasi fiziologiyasi va patologiyasi masalalarini ilmiy asosda tadqiq etishga qaratildi. Bu ilmiy izlanishlar natijasida ko'plab ilmiy-maqolalar chop etildi, bir qancha mualliflik guvohnomlari olindi. 1-ta doktorlik va 6-ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi.

  1994 yilning sentyabr oyida Bioanorganik, fizikaviy ximiya kafedrasi bilan Bioorganik va biologik ximiya kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Bioanorganik, Bioorganik va biologik ximiya kafedrasi deb atala boshlandi. Kafedraga prof. Q.A.Asqarov mudirlik qilgan.

  2012 yilning iyul oyidan 2017 yil avgust oyiga qadar dotsent Q. T. Sovetov kafedraga mudirlik qildi

  2017 yil avgust oyidan "Tibbiy va biologik kimyo" kafedrasi nomi berildi va unga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Q. M. Xaliqov mudirlik qila boshladi

  2020 yil avgust oyidan "Tibbiy va biologiк kimyо" kafedrasi ikki alohida kafedraga bo`linib " Tibbiy kimyo" va "Biologik kimyo" nomi berildi.

“Tibbiy kimyo” kafedrasi mudiri etib Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna tayinlandi.

  Kafedrada institutning davolash, pediatriya, stomatologiya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, xalq tabobati fakultetlarining I bosqich talabalari va farmatsiya fakultetining I, II, III, IV bosqich talabalari taxsil oladi.

Turli yillarda biologik kimyo kafedrasi mudiri bo'lib ishlaganlar




O’QUV-USLUBIY ISHLAR


  2020-2021 yillarda kafedra xodimlari tomonidan 3 ta monografiya, 6 ta o’quv qo’llanma, 11 ta uslubiy qo’llanma,xorijiy va respublikajurnallarida,100 dan ortiq maqolalar chop etildi, 1 ta DGU dasturiyaratildi.

  2021 yil sentyabr oyidan TIBBIY KIMYO kafedrasi yangi o’quv binosiga ko’chib o’tdi. Rektorimiz professor J.A. Rizaevningtashabbuslari bilan bu binoda ma’ruza zallari, auditoriyalar va laboratoriyalar yangi jihozlar bilan jihozlangan. Talabalar uchun barcha sharoitlar a’lo darajada.

  Kafedrada davolash , pediatriya , stomatologiya , tibbiy biologiya va profilaktika talabalari uchuntibbiy kimyo fani, farmasiya fakultetitalabalari uchun noorganik kimyo , organic kimyo , fizikkolloid kimyo, analitik kimyo farmasevtik kimyo , toksikologik kimyo fanlario’qitilib kelinmoqda.



ILMIY TADQIQOT ISHLARI


2020-2021 o’quv yilidakafedra mudiri Xolmurodova D. Q doktorlik dissertasiyasini (DSc)muvaffaqiyatli himoya qildi.

  “Tibbiy kimyo” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2020 yilda ilmiy-tadqiqot ishlari va nashr natijalariga ko’ra, 4 nafar mavzusi tasdiqlangan dissertatsiya, 1 nafar himoyaga tayyor PhD dissertatsiyasi, 2 ta Respublika miqyosida, 10 ta horijda, 3 ta MDH davlatlarida, 9ta Scopus Web of Science jurnallarda maqolalar chop etildi.

  2020 yil institut rektori tomonidan tibbiy kimyo kafedrasi mudiri dosent Xolmurodova D.Q . “ Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqotchisi ” nominasiyasi bo’yicha3- darajali diplom bilan taqdirlandi.


  Кafedra o’qituvchilaridan Rayimqulova Ch . A. , Isakova D.T. va Berdimurodova F.P. lar ham kafedraning o’quv, ma’naviy ishlarida faol bo’lganlari uchun rektorimiz tomonidan taqdirlandilar.

  2021 yil "Oliy taʼlim muassasaning eng yaxshi pedagogi" Respublika tanlovida tibbiy kimyo kafedrasi mudiri, t.f.d (DSc), dotsent Dilafroʻz Xolmurodova ishtirok etib “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan tantanali ravishda faxriy diplom bilan taqdirlandi.


“Tibbiy kimyo” kafedrasi va SamMI qoshidagi akademik litseyi o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilgan bulib, kafedra professor-o’qituvchilari o’quv va ma’naviy jarayonlarda o’zlarining tajribalari bilan o’rtoqlashib kelmoqda.

Har yili may oyining oxirgi dam olish kuni «BUTUNJAHON XIMIKLAR KUNI». Shu munosabat bilan kafedra xodimlari talabalar yotoqxonasida faol talabalar ishtirokida bu bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazishdi. Bu kunni shu kafedrada 40 yildan ortiq mudirlik qilgan ustozimiz Asqarov Qudrat Asqarovichni yorqin xotirasiga bag’ishladik.

  12.0.2021 yil muxtaram prezidentimiz tashabbuslari bilan har bir viloyatda maktablararo “HОKIM ОLIMPIADASI” tanlovi o’tkazildi. Kimyo fanidan bu olimpiada SamDTI da ko’tarinki ruhda ,shaffof tarzda o’tkazildi.

Кafedra o’qituvchilari farmasiya fakulteti talabalariga guruh murabbiyi hisoblanadi.Darsdan bo’sh vaqtlarda talabalar vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Samarqand shahrining tarixiy obidalariga ekskursiyalar tashkillashtirildi. Kafedra o’qituvchilari ham sport musobaqalarida faol qatnashadilar.


ХАLQARO ALOQALAR


  Kafedra 2020 yil noyabr oyidan akademik mobillik aloqalarini rivojlantirish maqsadida Janubiy Kozog'iston tibbiyot akademiyasi bilan onlayn tarzda o’zaro ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishni yo’lga qо,ydi va hozirda OUYlar o’rtasida o’zaro darslar almashinib o’tilmoqda.

Kafedra o’zining ilmiy faoliyatini Toshkent I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetiga qarashli “Fan va taraqqiyot” DUK bilan, Toshkent Farmatsevtika instituti, SamDTI kafedralari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti bilan o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga quyilgan, bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Amerika , Rossiya , Qozog’iston oliy o’quv yurtlari bilan bir qancha vebinarlar tashkil etildi

  2021 yil 17.09. Belorussiya davlat texnologiya universiteti rektori professor Voytov I.V., V.A.Belogo nomidagi ilmiy tekshirish instituti direktori professor Grigoryev A.Ya., kimyo instituti direktori akademik Agabekov V.Ye. boshchiligidagi delegatsiya hamda I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “Fan va taraqqiyot” DUK korxonasi direktori professor N.S.Abedlar Samarqand Davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida kimyo meditsinaning asosiy fanlaridan biri ekanligini hisobga olgan holda institutlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatildi. Kimyoni tibbiyotdagi, farmatsiyadagi oʻrni, vazifalari, Belorussiya ilmiy tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan davra suhbati olib borildi. Oʻzaro tajribalar almashish yuzasidan kelajak rejalar tuzildi.