×
Menu
Close Menu

Shinjon Tibbiyot Universitetining Neyroxirurgiya markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon shahridagi Shinjon Tibbiyot Universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi asosida bir necha yillardan buyon o‘quv-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va davolash faoliyatlari bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

  Hamkorlik doirasida 2026-yil 16-mart kuni Shinjon Tibbiyot Universiteti 1-shifoxonasi Neyroxirurgiya Markazi direktori, professor Wang Yongxin boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

  Tashrif doirasida universitet rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, ikki muassasa o‘rtasida xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish dasturlarini ilgari surish hamda akademik mobillikni yanada rivojlantirish borasida fikr almashildi.

  Shuningdek, tashrif davomida SamDTU Neyroxirurgiya markazida  ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

  Dastur doirasida ikkala neyroxirurgiya markazlari o‘rtasida o‘quv-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va davolash faoliyatlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

  16-17-mart kunlari davomida Xitoylik professorlar tomonidan markazda murakkab bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, zamonaviy yuqori texnologiyali kam invaziv operatsiyalar mahorat darslari tarzida amalga oshirildi. Jumladan, “Uch shoxli nerv nevralgiyasi” diagnozi bilan bemorda “Kalla orqa chuqurchasida mikrovaskulyar dekmpressiya” operatsiyasi va “Bosh miya oldingi arteriyasi anevrizmasi” diagnozi bo‘lgan bemorda “Endovaskulyar spiralli korreksiyasi” operatsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.


SamDTU Matbuot xizmati