Joriy yilning 28-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Chikagoda joylashgan Tibbiy ta’limni akkreditatsiya qilish kengashi (ACCME) prezidenti Graham McMahon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tibbiy ta’lim akkreditatsiyasi va attestatsiyasida Amerika tajribasini joriy etish hamda bu borada amaliy ishlarni olib borish borasida fikr almashildi.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti va unda yartilgan sharoitlar, ta’lim shakli va karayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Ma’lumot uchun: ACCME (Accreditation Council for Continuing Medical Education) — AQShda shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari uchun uzluksiz tibbiy ta’lim (CME — Continuing Medical Education) dasturlarini akkreditatsiya qiluvchi mustaqil notijorat tashkilotdir. Bosh qarorgohi Chikago (Illinois) shahrida joylashgan.
Tashkilotning asosiy vazifalari:
- Tibbiy ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish va sifatini nazorat qilish
- Shifokorlar uchun CME kreditlari berilishini tartibga solish
- Tibbiyot sohasida bilimlarni yangilab borish va malaka oshirishni qo‘llab-quvvatlash
- Ta’lim jarayonida mustaqillik va shaffoflikni ta’minlash (manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish)dan iborat










SamDTU Matbuot xizmati