Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. 

  Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligi S.Boymurodov, IIO xodimlari hamda universitet mas’ullari va Davolash fakulteti talabalari ishtirok etdi.

  Tadbirda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, yot g‘oyalardan asrash, inson qadri va huquqlarining ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Jamiyat taraqqiyotida inson omili va uning qadriyatlarini yuksaltirish, yoshlarni turli yot g‘oyalar, zararli axborot oqimlari va ma’naviy tahdidlardan asrash haqida so‘z yuritildi.

  Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham oli borildi.


SamDTU Matbuot xizmati