×
Menu
Close Menu

​Doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

  Universitetning 1-bosqich doktorantlari va tayanch doktorantlar faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ularga kerakli tavsiyalarni berish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Kubayev va Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Kim ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

  Uchrashuvda doktorantlarning ilmiy ishlari va tadqiqotlari yuzasidan ma’ruza va hisobotlar tinglanib, savollar hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, doktorantlarning til bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarga egalik holati ko‘rib chiqildi.

  Ilmiy tadqiqotchilarning o‘z faoliyatlarini tashkil etishdagi muammo va savollar tinglanib, atroflicha javoblar berildi. ular uchun yaratilayotgan qulaylik va yengilliklar bilan tanishtirildi.


SamDTU Matbuot xizmati